Ko'p so'raladigan savollar
Oldindan to'lov qilish majburiy emas. Siz to'lovni mahsulotni qabul qilib olganda naqd pul yoki do'kon kassa bo'limi orqali (QR kod) amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, saytda asosiy hisobingizdan (plastik karta orqali) to'lash imkoniyati ham bor. Agar sizda platformamizning keshbek ballari bo'lsa, buyurtma summasining 10% gacha bo'lgan qismini bonus hisobingizdan to'lashingiz mumkin.
Hozirgi vaqtda muddatli to'lov xizmati mavjud emas. Biroq, xaridorlarimizga qulaylik yaratish maqsadida tez orada ishonchli nasiya tizimlarini saytimizga integratsiya qilish ustida ishlayapmiz.
Ko'p so'raladigan savollar
Xaridlaringiz uchun berilgan bonuslarni faqat platformamiz ichida chegirma sifatida ishlatishingiz mumkin (naqd pulga almashtirilmaydi). Ular yordamida yangi buyurtma summasining 10% gacha bo'lgan qismini to'lashingiz mumkin. Diqqat: Bonuslar hisoblangan kundan boshlab 90 kun ichida ishlatilmasa, avtomatik ravishda kuyadi.
Maishiy texnika va elektronika tovarlari (blender, dazmol va hokazo) ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolatiga ega. Agar tovarda nosozlik chiqsa, kafolatli xizmat ko'rsatish (ta'mirlash, qismlarni almashtirish) do'konimiz tomonidan emas, balki to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchining rasmiy servis markazlari tomonidan amalga oshiriladi.